Bir necha yildan buyon uyida ishsiz oʻtirgan Zuhra Utegenova hudud hokim yordamchisining taklifi va yordami bilan non sexini ochishga muvofiq boʻldi.

Zuhra bankdan 33 million soʻm imtiyozli kredit olib, oʻz tadbirkorligini yoʻlga quydi. Bugungi kunda aholini issiq non bilan taʼminlab kelmoqda. Asosiysi kichkina sex tufayli uch fuqaroning bandligi taʼminlanishga erishildi.