Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 5-aprel kuni soat 18:15 da Toshkent viloyati FVBga Katta Chimyon togʻiga sayr qilish maqsadida borgan 3 fuqaro yoʻldan adashib, togʻning yuqori qismidan pastga tusha olmayotgani va yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qidiruv-qutqaruv ishlariga zudlik bilan Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilingan.
Ular fuqarolarning joylashgan joyini aniqlanib, fuqarolarni togʻning dengiz sathidan taxminan 3100 metr balandligidan sogʻ-salomat xavfsiz hududga olib tushgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yoʻq.