Uch nafar sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi

    Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati bu haqda maʼlum qildi.

    Sudyalar oliy kengashi qarori bilan yozma arizalari hamda odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonuniylikni buzganliklari uchun:

    Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi raisining oʻrinbosari Islomjon Xamrayev;

    Samarqand viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand tuman sudining sudyasi Davran Nuraliyev;

    Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Koson tumanlararo sudining sudyasi Erkin Eshonboboyev lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.