Sudyalar oliy kengashi qarori bilan yozma arizalari hamda odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonuniylikni buzganliklari uchun:

Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi raisining oʻrinbosari Islomjon Xamrayev;

Samarqand viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand tuman sudining sudyasi Davran Nuraliyev;

Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Koson tumanlararo sudining sudyasi Erkin Eshonboboyev lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.