OʻFA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi Oʻzbekiston Superliga va Pro Liga uchrashuvlarida korrupsion holatlar, yaʼni bir qator futbol oʻyinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga taʼsir oʻtkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgan futbol hakamlarini aniqlash boʻyicha saʼy-harakatlarni davom ettiryapti.
OʻFA Etika qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishida FIFA va OFK hakami Sh.Qosimov boʻyicha aniqlangan holatlar koʻrib chiqildi.
Qoʻmita tomonidan Sh.Qosimov OʻFA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan bir qator futbol uchrashuvlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga taʼsir oʻtkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani uchun 3 (uch) yil muddatga futbol bilan bogʻliq har qanday faoliyatdan chetlashtirish xususidagi qaror qabul qilindi.
Mazkur qaror OʻFA tomonidan rasmiy tarzda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.