Bugungi kunda ushbu loyiha doirasida Toshkent shahrining barcha tuman hokimliklariga, mahalla fuqarolar yigʻinlariga, umumtaʼlim muassasalariga, axborot kutubxona markazlariga hamda tuman boʻlinmalariga Prezidentimizning “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” nomli kitobi 2 000 dan ziyod taqdim etildi.
Hozirgi kunda loyiha doirasida mahalla raislari, yoshlar yetakchilari, taʼlim muassasalaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, axborot kutubxona markazi xodimlari ishtirokida “Uchinchi Renessansga – kitob va maʼrifat bilan” shiori ostida konferensiyalar, seminarlar hamda davra suhbatlari oʻtkazilib kelinmoqda.
Oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirokchilarga, Yangi Oʻzbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlar va mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yoʻnalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida kerakli bilim va koʻnikmalar berib kelinmoqda.
Kelgusida ushbu loyiha doirasida Toshkent shahridagi barcha idora va tashkilotlarda “Uchinchi Renessansga – kitob va maʼrifat bilan” shiori ostida targʻibot tadbiralari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad aholi vakillariga ayniqsa, yoshlarga davlatimizda roʻy berayotgan yangi oʻzgarishlar hamda amalga oshirilayotgan isloxotlar xaqida kerakli tushunchalar berib borishdan iboratdir.
Xulosa oʻrnida shunday deyish mumkinki, bugun biz yagona xalq, yagona millat boʻlib, koʻzlagan yuksak maqsadlarimiz sari dadil bormoqdamiz. Vujudimizda, qonimizda ajdodlarimizdan meros buyuk qudrat joʻsh urayotgan ekan, biz ezgu orzu va maqsadimiz boʻlmish Yangi Oʻzbekistonni albatta bunyod etamiz!
Sirojiddin Abdurahimov,
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent shahar boʻlimi bosh mutahassisi
Dildora Ismandiyarova,
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent shahar boʻlimi yetakchi mutaxassisi