Tekshiruvda fuqaro S.U. Oʻzbekiston tumani Mingtut MFY hududida ohak ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan yashirin sex tashkil qilib, tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, faoliyat koʻrsatib kelganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 650,8 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.

Shuningdek, Yuqorichirchiq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro K.T. oʻziga tegishli boʻlgan noturar binoda tashkil qilingan “issiqxona”ni tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 74,7 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.