Unda fuqaro X.M. oʻz uyida yashirin ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, “Rolton” brendi ostida isteʼmolchilarning sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotni qoʻlbola usulda ishlab chiqarib, qadoqlab sotish uchun tayyorlab qoʻyganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 464 dona qadoqlangan “Rolton”, 68 kg sariq va 7,49 kg qizil rangli kukunlar va boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, “Rolton” mahsuloti huquqiy egasi “M.F.” kompaniyasining maʼlumotiga koʻra, fuqaro X.M. tomonidan ishlab chiqarilgan “Rolton” mahsuloti qalbaki ekanligi, olingan kukunlar kompaniya tomonidan ishlab chiqarilmaganligi, qadoqlangan paketlardagi kod raqamlari ham qalbaki ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish), 186-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.









