— Jamg'arma mablag'lari Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining qarori asosida tarqatilmoqda, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo'limi raisi A.Dalabayev. — Bugun ana shunday tadbir Uchtepa tumanida tashkil etildi. Xayriya tadbiri davomida 10 nafar kam ta'minlangan fuqaroga 70 million so'mdan ziyodroq mablag' tarqatildi.  

Ta'kidlash kerak, joriy oyning boshida ham Uchtepa tumanida xayriya tadbiri o'tkazilgandi. O'sha tadbirda kam ta'minlangan oilalarga naqd pul ko'rinishida 87 million so'm pul tarqatilgan edi.  

“Mahalla” fondi

matbuot xizmati