UYEFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun “PSJ”, “Roma”, “Inter”, “Yuventus”, “Milan”, “Marsel”, “Monako” va “Beshiktosh” klublarini jazoladi

Xabarda aytilishicha, “PSJ” eng koʻp – 10 million yevro jarima toʻlaydigan boʻldi. Shuningdek, “Roma” – 5 mln, “Inter” – 4 mln, “Yuventus” – 3,5 mln, “Milan”–2 mln, “Beshiktosh” – 600 ming, “Marsel” va “Monako” 300 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi.

Ushbu klublar 2018-2022-yillar moliyaviy hisobotlaridagi qoidabuzarliklari uchun jarimaga tortilgan.