Toshkent shahar hokimining 2022-yil 9-sentyabrdagi tegishli farmoyishiga asosan, poytaxt delegatsiyasining Boshqirdiston Respublikasidagi xizmat safari davom etmoqda.

Joriy yilning 9-11-oktabr kunlari Ufa shahrida "Toshkent kunlari" tadbirlari o'tkazilishi doirasida ijodiy uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda. Shuningdek, xizmat safari davomida Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi boshlig'i Ufa shahridagi bolalar musiqa maktablariga tashrif buyurib, yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.