Forumdan koʻzda tutilgan asosiy maqsad mamlakatlarimiz oʻrtasida oʻzaro savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da mustahkamlashdan iborat.

Tadbirda Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko, “Milk Euro Food” kompaniyasining bosh direktori Andrey Dankov, Qozogʻiston Yogʻ-moy ittifoqi prezidenti Konstantin Nevzorov, “Vektor Company Group” rahbari Aleksandr Aleksandrovning ishtirok etishi va soʻzga chiqishi kutilyapti.

Forum qatnashchilari yogʻ-moy sanoatida oʻzaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, sohaning yurtimizdagi bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mamlakatimiz yogʻ-moy bozorida faoliyat olib borishning oʻziga xos xususiyatlari, sifatli kungaboqar yogʻiga boʻlgan ehtiyoj, shuningdek sohada tajriba almashinuvi kabi mavzularni muhokama qiladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.