Innovatsion rivojlanish vazirlik huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori Bunyod Oxunov Oʻzbekistonda axborot texnologiyalar va startaplarni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratilgani toʻgʻrisida soʻzlab berdi.
Shuningdek, B. Oxunov ukrainalik tadbirkorlarni 2021-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida oʻtkaziladigan “InnoWeek.uz-2021” Innovatsion gʻoyalar haftaligida ishtirok etish uchun taklif etdi. Tomonlar innovatsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish istiqbollari borasida fikr almashdilar.
Axborot texnologiyalar va startaplar borasidagi qoʻshma loyihalar boʻyicha yakuniy muzokaralar Oʻzbek tadbirkorlarining kuzda amalga oshiriladigan Ukrainaga tashrifi doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.