Musobqada ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi yakunda 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 31 davlat orasida 5-oʻrinni egalladi.

Oltin medal

-52 kg: Diyora Keldiyorova

Kumush medal

-90 kg: Davlat Bobonov

Bronza medal

-70 kg: Gulnoza Matniyazova

-73 kg: Obidxon Nomonov

Terma jamoamiz delegatsiyasi Ulan-Batordan yurtimizga qaytib keldi. Dzyudochilarimizni Federatsiya va Mudofaa vazirligi mutasaddilari, ularning oila aʼzolari kutib oldi.