"2023-yil 10-yanvardan boshlab Oʻzbekistonning barcha hududlarida ob-havo haroratining keskin pasayishi natijasida tabiiy gazning isteʼmoli keskin oshib borishi kuzatilmoqda.

Bunday holatda aholi, ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlar va qozonxonalarni tabiiy gaz bilan uzuluksiz taʼminlash maqsadida respublikadagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar har qanday ulgurji isteʼmolchilar, xususan, AGTKSHlar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, “UzGasTrade” AJ bilan shartnoma tuzgan holda magistral gaz quvurlari va gaz taqsimlash shoxobchalariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan barcha korxonalarga tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Ushbu korxonalarga gaz uzatish ob-havo haroratining koʻtarilishi hamda qulay sharoit vujudga kelishi bilan tiklanadi va bu haqda alohida xabar qilinadi", deyiladi xabarda.