Isroildagi bir oilaning plantansiyasida yetishtirilgan dunyodagi eng ulkan qulupnay Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi., deb yozadi zamin.uz
Isroil Markaziy okrugining Kadima-Soran qishloq xoʻjaligi shirkatidagi Ariellar oilasiga qarashli plantansiyada eng yirik qulupay topildi. Ogʻirligi 289 gramm, aylanasi 34 santimetrni tashkil etgan ushbu qulupnay mevasi Ilan naviga mansub.
Uning muallifi Isroil qishloq xoʻjaligi vazirligi qoshidagi qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari tashkilotida faoliyat yurituvchi olim Nir Day hisoblanadi.
Ulkan qulupnayni tarozida tortishda olim ham qatnashdi, uning taʼkidlashicha, bu yil sovuq ob-havo sababli mavsum kechikdi, shu bois ayrim rezavorlar qoʻshaloq boʻlib rivojlangan.