Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, Bojxona instituti boshlig'i, bojxona xizmati podpolkovnigi ergashev Vosid Yoqubovich, Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohibasi, shoir A.Oripovning turmush o'rtog'i Xanifa Oripova, O'zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, Bojxona instituti professor-o'qituvchilari va kursantlar, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining mo''jaz tadbirlar zalida tashkil etilgan ushbu tadbirda so'z olgan shoirlar, yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar tomonidan O'zbekiston qahramoni Abdulla Oripov so'zi, Mutal Burxonov musiqasi ostida bastalangan xalqimiz qo'shig'ining ulug'vorligi, unda xalqimizning tarixiy orzu-umidlari yashashi, har bir Vatan farzandi Davlatimiz madhiyasiga munosib ehtirom ko'rsatishi lozimligi to'g'risida so'z yuritdilar.

Tadbir davomida Bojxona institutining kursantlari tomonidan Vatanni madh etuvchi she'riy chiqishlar, xalqimiz e'zozidagi xonandalar tomonidan kuy-qo'shiqlar yangradi.

Toki Vatanimiz madhiyasi yangrar ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor. O'zbekiston farzandlari qayerda bo'lmasin, qanday natijalarga erishmasin Vatan Madhiyasi yer kurrasi aro yangrayveradi.

Munojat Mo'minova