Xalq deputatlari va viloyat faollari nomzod haqidagi fikrlarini bildirdilar. Shundan soʻng viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qoʻyildi.

Ovoz berish natijalariga koʻra, Ulugʻbek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi etib tasdiqlandi.

Davlatimiz rahbari yangi hokim bildirilgan ishonchni oqlab, keyingi yilda viloyatga 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelish, eksportni 500 million dollarga yetkazish, 175 ming odamni ishli qilish, 15 ming oilani kambagʻallikdan chiqarish borasida qattiq ishlashi kerakligini koʻrsatib oʻtdi.