Surxondaryo viloyat, Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev ishtirok etdi.

Saylov yashirin ovoz berish yoʻli bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga koʻra Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov Oliy Majlis Senati aʼzoligiga saylandi.