Mazkur uchrashuv "Oʼzbekiston PEPSI" kompaniyasi homiyligi ostida viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi hamda Oʼzbekiston Taekvondo WT assotsiatsiyasi Buxoro viloyati boʼlimi tashabbusi bilan tashkil etildi. Uchrashuv chogʼida yosh sportchilarga "Master klass" ommaviy sport tadbiri tashkil qilindi. 

Ushbu sport tadbirida Turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʼi B.Shahriyorov, boshqarma boshligʼi oʼrinbosari I.Mirzayev, Buxoro viloyati MOQ vakili X.Husenov hamda Oʼzbekiston Taekvondo WT assosiatsiyasi Buxoro viloyati boʼlimi rahbari O.Аhadovlar qatnashdi. Tadbirda viloyatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 450 nafardan ziyod sportchilar Olimpiya oʼyinlari gʼolibi Ulugʼbek Rashitovning gʼalabagacha bosib oʼtilgan yoʼl, taekvondo WT boʼyicha fikrlarini tingladi. Oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi. 

Tadbir yakunida tadbir ishtirokchilariga esdalik sovgʼalari topshirildi.

Ushbu uchrashuv buxorolik  yoshlar uchun unutilmas va quvonchli voqea boʼlib qolishiga shubha yoʼq.