Umida Tursunovaga shikast yetkazgan shaxs qamoqqa olindi

    Ijtimoiy hayot 1 Sentabr 2023 2224

    Bugun viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Umida Tursunovaga himoya orderi berildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

    Taʼkidlanishicha, maktab direktorining davolanishi hamda sogʻligini tiklashi uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialiga yotqizildi.

    Unga tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tartibidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Xozirda tergov harakatlari davom etmoqda.