Umra haqida noqonuniy reklama joylashtirganlar jarimaga tortildi

    Voqea-hodisalar 28 Aprel 2025 573

    Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlarda Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi turoperatorlar litsenziyasi yoʻq boʻlsada, shunday reklamalar eʼlon qilgani aniqlandi.

    Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tekshiruvlarda Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan, jami 4 ta — “Mirabelle travel”, “Ketdik Tour”, “ Ayattour”, “Tavakkalna Travel” MCHJlari turoperatorlar tomonidan litsenziya hujjatlari mavjud boʻlmagan holda reklamalar joylashtirilganligi va bu bilan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning talablari buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, yakunlari yuzasidan moliyaviy jarimalar qoʻllanildi.

    Shuningdek, Qoʻmitaning Namangan va Fargʻona viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan, jami 5 ta — “Jat Travel” instagram sahifasi, “Fargʻona Umra”, “Saudiyaga Sayohat”, “Aziz Turizm”, “Sardor Turizm” Telegram kanallari adminlari tomonidan berilgan reklamalarda ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan mansabdor shaxslari maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

    Shu bilan birgalikda, 12 dan ortiq litsenziyaga ega boʻlmasdan reklama materiallari tarqatayotgan axborot resurslarini yurituvchi shaxslarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markaziga maʼlumot kiritildi.

    Ushbu oʻrganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tegishli choralar koʻrilishi taʼminlanadi, — deyiladi xabarda.