Din ishlari boʻyicha qoʻmita 15-may kuni Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi litsenziya berish boʻyicha tanlov natijalariga koʻra yana 2 ta tur firmaga litsenziya berdi.
Xususan, tanlov komissiyasi Toshkent shahrida joylashgan “Centrum holidays” MCHJ hamda Buxoroda joylashgan “Buxoro umra jamiyati” MCHJlarini tanlov gʻolibi deb topgan.
Ayni vaqtda Oʻzbekistonda Umra ziyoratini tashkil qilish uchun litsenziya berilgan turfirmalar soni 14 taga yetdi (roʻyxat).








