Umra safaridan qaytarish choralarini koʻrmagan xususiy avikompaniya mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

    Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

    Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi tomonidan vatandoshlarimizni Umra safaridan qaytarish choralari koʻrmagan hamda boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan xususiy avikompaniya mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura.

    Taʼkidlanishicha, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

    "Ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi", deyiladi xabarda.