Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan fuqarolarga ushbu hududdagi davlatlarga safar uyushtirmaslik, ayni paytda, o'sha erlarda bo'lib turgan vatandoshlarimizga esa ehtiyotkorlik choralarini kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berilmoqda.

Mazkur vaziyatni inobatga olgan holda, fuqarolarimiz xavfsizligini ta'minlash maqsadida O'zbekiston musulmonlari idorasi hamda turoperatorlar tomonidan tashkil etilayotgan umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi.

Jumladan, 2026 yil 2 mart kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan rejalashtirilgan Toshkent–Jidda yo'nalishidagi navbatdagi umra ziyoratchilari reysi ham ma'lum muddatga qoldirilishini ma'lum qilamiz.

 Aviaqatnovlar qayta tiklanishi haqida rasmiy manbalar orqali qo'shimcha axborot beriladi.