“Umra” tadbirlarini tashkil etuvchi 4 ta MCHJ ogohlantirildi

    Turizm 26 Yanvar 2024 1463

    “Panorama Airways” xususiy aviakompaniyasining parvozlari kechikishi oqibatida ziyoratchilar aeroportda qolib ketdi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda xabarlar tarqaldi. Shuningdek, turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda ziyoratchilarga noqulaylik yuzaga kelgani boʻyicha ham turli eʼtirozlar yangradi.

    Turizm qoʻmitasi mazkur holat oʻrganib, natijasi boʻyicha tegishli qonuniy choralar koʻrilganini maʼlum qildi.

    Hozirgi vaqtda, “FAYZ TOUR TRAVEL”, “MARYAM TRAVEL-AGENCY”, “MAHBUB TOUR”, “RAMAZAN TRAVEL SAYOHAT” kabi MCHJlar yuzaga kelgan holat boʻyicha qatʼiy ogohlantirildi. “XURMO TRAVEL UMRA” MCHJning “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishga doir litsenziyasiz mazkur faoliyat bilan shugʻullanganligi uchun oʻn kun muddatga tashkilotning litsenziyasi toʻxtatildi.