Umrni uzaytiradigan dori vositasi aniqlandi

    Oklend universiteti olimlari tomonidan umrni uzaytiradigan dori vositasi aniqlandi. Mazkur dori vositasini qabul qilgan sichqonlar uni isteʼmol qilmaganlarga qaraganda oʻrtacha oʻn foiz koʻp umr koʻrgan.

    Tadqiqotchilar oʻrta yoshli (taxminan bir yoshli) ikki guruh sichqonlar ustida izlanish olib borishdi. Birinchi guruhga 20 yil davomida izlanish olib borilayotgan alpelisib dori vositasi yuborildi. Mazkur dori saraton xastaligiga chalinganlarni davolashda foydali boʻlishi mumkin. Ikkinchi guruh sichqonlarga dori berilmadi, odatiy ovqatlantirildi.

    Sogʻlom sichqonlarga uzoq vaqt davomida alpelisib dori vositasining berilishi ularning umr davomiyligini uch yilga, taxminan oʻn foizga oshirdi.

    Ijobiy natijalarga qaramay, tadqiqotchilar dori vositasini odamlarga qoʻllab koʻrish masalasida ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Boisi, dori vositasini qabul qilgan jonivorlarda qarish bilan bogʻliq salbiy holatlar, misol uchun suyak ogʻirligining kamayishi namoyon boʻldi.