Qarorga koʻra, koronavirus pandemiyasi davrida umumiy ovqatlanish va turizm sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2021-yil 1-sentyabrdan:
➖ 2021-yil 31-dekabrgacha umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinadi;
➖ 2023-yil 1-sentyabrgacha turistik (mehmonxona) yigʻimini hisoblash va toʻlash toʻxtatiladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalari mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda tegishli soliq va yigʻimlar boʻyicha 2021-yil 15-avgust holatiga koʻra mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar boʻyicha jarima va penyalarni 2022-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlashi mumkin.