баннер
23 Mar 2025
00:32

    Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi

    Millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari deb qayta nomlanadi.

    “Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-115-son, 19.03.2025-y.) qabul qilindi

    Qarorga koʻra, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari deb qayta nomlanadi.

    Vazirlar Mahkamasi Qoʻmita huzuridagi jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi va hududiy jamoatchilik kengashlarining yangilangan (namunaviy) tarkibini davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar aʼzolari, fan va madaniyat namoyandalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan iborat tarkibda tasdiqlaydi.

    Qoʻmita huzuridagi jamoatchilik kengashi maslahat-kengash organi hisoblanib, Qoʻmitaga yuklangan vazifa va majburiyatlarning bajarilishiga koʻmaklashadi.

    Qoʻmita “Vatandoshlar” jamoat fondi, milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlariga doimiy ravishda axborot, maslahat, tashkiliy va uslubiy jihatdan koʻmaklashib boradi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech