Jumladan:

10-sinf “Matematika” faniga haftasiga 1 soat;

10-11-sinf “Kimyo” faniga haftasiga 1 soatdan (jami 2 soat);

10-11-sinf “Biologiya” faniga haftasiga 1 soatdan (jami 2 soat).

Shuningdek, 2020-yil “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da mamlakatimizda taʼlimning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga toʻliq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etilishi munosabati bilan 5-6-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga haftasiga 0,5 soatdan (jami 1 soat) qoʻshib berildi.

Endilikda, xalq taʼlimi tizimida 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab:

matematika fani haftasiga 55 soat (oʻtgan yilda 54 soat);

kimyo fani haftasiga 12 soat (oʻtgan yilda 10 soat);

biologiya fani haftasiga 15 soat (oʻtgan yilda 13 soat);

informatika fani haftasiga 10 soat oʻqitiladi (oʻtgan yilda 9 soat), deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.