Un va un mahsulotlari narxida barqarorlik saqlanmoqda

    Joriy yil boshidan buyon O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining bug‘doy va un bozorlari barqarorlikni namoyon etib kelmoqda.

    Xususan, yanvar-mart oylarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 295,5 ming tonna un va 321,4 ming tonna bug‘doy mahsulotlari ochiq birja savdolari orqali barcha tadbirkorlik sub’yektlariga erkin sotildi.

    O‘tgan davrda birjada un mahsulotining o‘rtacha sotilish narxi bir tonnasi uchun 4 686,0 ming so‘mni hamda bug‘doyning o‘rtacha sotilish narxi bir tonnasi uchun 3 523,0 ming so‘mni tashkil qildi.

    O‘tkazilgan birja savdolari davomida un va bug‘doy uchun birja narxlari talab va taklif asosida shakllanib, tuzilgan bitimlar doirasidagi barcha to‘lovlarni amalga oshirilishi birjaning hisob-kitob kliring palatasi orqali kafolatlandi.

    Shuningdek, joriy yil yanvar-mart oylarida birjaning xorijiy savdo maydonchalari orqali 68,8 ming tonna un hamda 303,8 ming tonna bug‘doy import qilindi va bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan umumiy hisobda 80 ming tonnaga ko‘pdir.

    Birjaning un va bug‘doy bozorlarida taklifining yetarli darajada bo‘lganligi ularning narxlarini barqaror saqlanishiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan.