UNESCO Livandagi 34 ta madaniy obidaga alohida muhofaza qilinadigan obyektlar maqomini berdi

    Qaror ziddiyatli hududlardagi madaniy merosni muhofaza qilish bo'yicha maxsus qo'mita yig'ilishi yakunlari bo'yicha qabul qilindi.

    Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (UNESCO) mamlakat janubida davom etayotgan janglar fonida Livandagi 34 ta madaniy obidaga vaqtincha alohida muhofaza qilinadigan obyektlar maqomini berdi. Qaror ziddiyatli hududlardagi madaniy merosni muhofaza qilish bo'yicha maxsus qo'mita yig'ilishi yakunlari bo'yicha qabul qilindi.

    Sessiya yakuniga ko'ra, 34 ta Livan madaniy obyektlari, jumladan, Baalbek va Tirdagi Butunjahon merosi obyektlari, Kuchaytirilgan himoya ostidagi xalqaro madaniy obyektlar xalqaro ro'yxatiga vaqtinchalik kiritilgani bayonotda qayd etildi.

    Sessiya Livan rasmiylarining iltimosiga binoan o'tkazildi. Endi bu obyektlar, jumladan, bir qator ibodatxonalar, muzeylar va arxeologik joylar hujumlardan maksimal immunitetga ega bo'ladi. “Ushbu qoidalarga rioya qilmaslik 1954-yilgi Gaaga konvensiyasining jiddiy buzilishi hisoblanadi va jinoiy javobgarlikka tortish imkoniyatini beradi”, deyiladi bayonotda.

    Tashkilot tahdidlarni huquqiy himoya qilish va oldini olish uchun texnik va moliyaviy yordam ko'rsatishni rejalashtirgan. Aniqlik kiritilishicha, UNESKO mutaxassislari allaqachon muzey kolleksiyalari va qimmatbaho asarlarni inventarizatsiya qilish va Livanning mojarodan jabrlanmagan qismlariga ko'chirishda yordam berishgan. Obyektlarning holati sun'iy yo'ldoshlar yordamida ham nazorat qilinadi, deb xabar beradi tass.ru.