UNICEF 2,3 mln AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi insonparvarlik yordamini Afgʻonistonga yubordi. Bu haqda tashkilotning Oʻzbekistondani vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yuklar ortilgan 16 ta mashinadan iborat karvon Surxondaryo viloyatidagi “Termez Cargo Centre” logistika markazidan joʻnab ketdi.
Gumanitar yordam tarkibi ogʻir ijtimoiy sharoitda yashayotgan afgʻonistonlik oilalar uchun sanitariya-gigiyena vositalari toʻplami va uy-roʻzgʻorda kerak boʻladigan xoʻjalik mollaridan tashkil topgan.









