Qayd etilishicha, mazkur tadbirda Hukumat vakillari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati, oliy taʼlim muassasalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Musobaqada gʻalaba qozongan va sovrindor boʻlgan jamoalarga faxriy yorliq, medallar va esdalik sovgʻalari topshirildi. Taqdirlash marosimida sportchilarning faolligi, taʼlim muassasalarining mehnati va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish borasidagi jonbozliklari alohida eʼtirof etildi.
“Universiada–2025” — yoshlar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va yurtimiz sport salohiyatini yanada mustahkamlash yoʻlida muhim maydonga aylandi.