Universitet — yoshlar homiysi

    Etti nafar yosh universitetga ishga joylashdi. Ularning uch nafari “Temir daftar”da turuvchi oilalar farzandlari.

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida muassasa atrofidagi mahalla yoshlari uchun kasbga yo'naltirish, hunarmandchilik, sport mashg'ulotlari, xorijiy tillar, mental arifmetika to'garaklari hamda universitet bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

    Yigirmadan ziyod yigit-qiz universitetning turli yo'nalishlardagi to'garak va bepul kurslariga a'zo bo'ldi. endi ular har haftada ikki marta universitet hududiga kelib, kasb o'rganadi va bilim oladi.

    Etti nafar yosh universitetga ishga joylashdi. Ularning uch nafari “Temir daftar”da turuvchi yoshlardir.

    Tadbir davomida yoshlarga motivatsiya beruvchi psixologik seminar-trening tashkil etildi. Harbiy va sport yo'nalishiga talabgor yoshlar uchun saf tayyorgarligi bo'yicha to'garaklar faoliyatidan namunalar ko'rsatildi.

    Kasb-hunarga to'garaklari doirasida universitet talabalari CHilonzor hududidagi mahalla yoshlarini shogirdlikka olmoqda. Xususan, bugungi kunda milliy hunarmandchilik bo'yicha universitet talabasi Mushtariy Komilovaning 74 nafar shogirdi bor.

    Hozirga qadar ko'plab mahalla yoshlari universitet hududida joylashgan sport maydoniga muntazam kelib, futbol, voleybol, basketbol, stol tennis bo'yicha musobaqalarda qatnashib kelayotgan edi. Bugungi tadbirdan keyin yana 18 nafar yosh universitet sport maydonchasida sport bilan shug'ullanadigan bo'ldi.

    YOshlarning kelajagiga, ilm-hunar o'rganishiga davlat rahbari darajasida e'tibor qaratilyapti. Bu g'amxo'rlik ko'lami yildan-yilga kengayib, farzandlarimiz uchun zarur barcha imkoniyatlar yaratilyapti. Ulardan oqilona foydalanishga undash, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishiga ko'maklashishda universitet jamoasi qo'lni qo'lga berib mehnat qiladi.