Universitet mansabdorlari 740 mln soʻmlik ish haqini ortiqcha toʻlab yubordi

    Mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali faoliyati oʻrgandi.

    Oʻrganish natijasida filialning mansabdor shaxslari qonunchilik talablariga zid ravishda 740 mln soʻmlik ish haqini ortiqcha toʻlab yuborib, byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilganligi aniqlandi.

    Mazkur holat yuzasidan filial mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi hamda oʻrganish jarayonida toʻplangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.