Tashrifdan maqsad Turkiyaning Dokuz Eylul universiteti bilan xalqaro hamkorlik memorandumini imzolash va qoʻshma maqsadli xalqaro loyihani ishlab chiqish hisoblanadi.
Universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori O.Achilov veterinariya va biotexnologiya sohalarida hamkorlikda kadrlar tayyorlash va universitetlar nufuzini oshirish boʻyicha xalqaro tajriba almashinuv borasida taqdimot qildi. Nutqi davomida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining tajribasi bilan yaqindan tanishtirar ekan, ikki universitet oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish mexanizmlari haqida oʻzaro manfaatli takliflar bildirdi.
Shundan soʻng, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda Turkiya davlatining Dokuz Eylul universiteti oʻrtasida ilmiy kadrlar tayyorlash, soha boʻyicha ilm-fanni rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish istagi bildirilgan holda, samarali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni tashkil etish maqsadida Memurandum imzolandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar bir-birlariga esdalik sovgʻalari ulashdilar.