Oʻtkazilgan savdo natijalariga koʻra, birjaning un bozori narx boʻyicha kichik pasayishni namoyon etdi. Xususan 1-navli unning birjadagi narxi avvalgi kunga nisbatan mahsulotning bir tonnasi uchun 4 497,8 ming soʻmdan 4 475,1 ming soʻmgacha tushdi.
Sotuvchi korxonalar tomonidan birja savdolariga 10,0 ming tonna 1-navli un qoʻyildi va ulardan 9,4 ming tonnasi, yaʼni 94 foizi sotildi. Birja savdolarida sotilmagan qoldiq unning hajmi 611 tonnani tashkil etdi.
Shu bilan birga, un boʻyicha oʻtkazilgan birja savdolarida ishtirok etgan xaridorlarning soni 2 822 tadan 3 441 ta ishtirokchigacha koʻpaydi. Shu jumladan 44 ta Toshkent non ishlab chiqaruvchi korxonalar birja savdolarida jami 721 tonna 1-navli un sotib olishdi.