Yoshlarimiz mustaqil fikrlaydigan, yuksak va maʼnaviy salohiyatga ega insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishining asosiy omillaridan biri kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni kitobni sevishga oʻrgatishdir.

Kattaqoʻrgʻon shahridagi 11-IDUMda ham oʻquvchilarni kitobni sevish va kitob  mutolaasiga oʻrgatish maqsadida kitob taqdimotlari, turli tanlovlar oʻtkazib kelinadi.

Xususan, 2-B sinfi oʻquvchilari oʻrtasida “Ur, toʻqmoq!” kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Ushbu kitob oʻzbek, rus va turli xalqlarining 17 ta ertagini oʻz ichiga olgan. Bu taqdimot avvalgilaridan farq qilgan holda, koʻproq ertak qahramonlarini jonlantirishga ahamiyat berildi. Ertak qahramonlarining oʻzaro suhbatini oʻquvchilar katta qiziqish bilan kuzatishdi.

Ushbu kitob oʻquvchilarni nafaqat kitobga boʻlgan mehrini balki zukkoligini ham oshirdi. Bu kitob oʻzining rang - barang rasmlari, bir-biridan qiziqarli ertaklari bilan ham oʻquvchini oʻziga jalb etadi. Zero, kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik, akl-idrok hamda ilm-u donishning asosidir.

Zamira Toirova,

Kattaqoʻrgʻon shahar 11-IDUM boshlangʻich sinf oʻqituvchisi