Tadbirda Sverdlovsk hamda Tyumen` viloyatlari, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi-Yugradagi o'zbek milliy uyushmalari rahbarlari va faollari, vatandosh tadbirkorlar, Ekaterinburg shahridagi turli oliy o'quv muassasalarida tahsil olayotgan talabalar, vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan band bo'lgan yurtdoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda «Vatandoshlar» jamoat fondi boshqaruvi raisi Odiljon Sattorov videokonferentsiya shaklida qatnashdi.

Anjumanda ishtirokchilarga mamlakatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan islohotlarning ustuvor yo'nalishlari hamda vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish yo'lida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Bosh konsulxona konsullik okrugi hududida faoliyat yuritayotgan o'zbek milliy markazlari hamda jamoat birlashmalari bilan kelgusida amalga oshirilishi ko'zlangan tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Odiljon Sattorov Fond va Ural federal okrugidagi o'zbek milliy markazlari hamda jamoat birlashmalari o'rtasida hamkorlikka oid memorandum imzolash, yurtdoshlarimiz tahsil oladigan oliy o'quv muassasalarida o'zbek madaniyati kunlarini o'tkazish singari takliflarni bildirdi. Uraldagi vatandoshlar 2022 yilning kuz faslida Samarqandda o'tkazilishi rejalashtirilayotgan vatandoshlar forumiga taklif etildi.

Sverdlovsk viloyati  «Ural-O'zbekiston» do'stlik jamiyati raisi A.Turatov va Tyumen` viloyati o'zbek diasporasining «Vatan» jamoat tashkiloti raisi M.Sobirov bildirgan takliflarni to'liq qo'llab-quvvatlanishi ta'kidladi.  SHuningdek, ular  vatandoshlar tashkilotlari tomonidan Uralda o'zbek tili, madaniyati va an'analarini saqlab qolish va rivojlantirish, O'zbekistonning boy ilmiy, madaniy va ma'naviy merosini keng targ'ib qilish va ommalashtirish  bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

  Tomonlar Ural federal okrugida o'z faoliyatini amalga oshirayotgan o'zbek milliy markazlari va jamoat tashkilotlari hamda «Vatandoshlar» jamoat fondi o'rtasida hamkorlik memorandumini imzolash masalasini batafsil muhokama qilish maqsadida 2022 yilning yanvar` oyida qo'shimcha videokonferentsiya  o'tkazish to'g'risida kelishib oldi.