Tashrif davomida “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi boshliqlari J.Valiyev va R.Mirzaahmedovni Soʻgʻd viloyati raisining birinchi oʻrinbosari Xol Xaydar qabul qildi.

Oʻtkazilgan suhbatlar Soʻgʻd viloyatiga chegaradosh boʻlgan Fargʻona va Namangan viloyatida faoliyat yurituvchi hunarmandlar bilan aloqalarni yaqinlashtirish, hunarmandlar markazlari orqali ikki davlatda ichki turizmni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shundan soʻng, delegatsiya aʼzolari ikki kun davomida Xoʻjand shahridagi “Eski qalʼa” majmuasida “Hunarmandlar mahallasi”da kulolchilik ustaxonasini tashkil etgan rishtonlik usta kulollar faoliyati bilan tanishdilar, rishtonlik kulollar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar rang-barangligi bilan tojik diyorida keng ommalashayotganligiga guvoh boʻldilar hamda shaharda tashkil etilgan atlas va adras ishlab chiqarish ustaxonalari faoliyatini borib koʻrdilar.

Shundan soʻng, Istarafshan shahrida va Asht tumanida jun va jundan ip tayyorlaydigan hunarmandlar faoliyati bilan tanishildi va 2022-yilda Fargʻona viloyatidan 20 nafar hunarmandlar, Soʻgʻd viloyatidan 20 nafar hunarmandlarni tajriba almashish maqsadi tashriflari boʻyicha kelishib olindi.

Shu bilan birga, Soʻgʻd viloyati Xoʻjand shahri va Fargʻona viloyatining Margʻilon shahri bilan oʻzaro birodar shahar memarandumini fevral oyida imzolash boʻyicha bir bitimga kelindi, deb xabar bermoqda “Hunarmand” uyushmasi matbuot xizmati.