Tadbirda Xorazm viloyati hokimligi hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi vakillari, universitet professor-öqituvçilari va talabalar iştirok etdi.
Taqdimotni universitet rektori Feruza Madraximova kiriş sözi bilan oçib, asarning özbek va turk xalqlari örtasidagi azaliy döstlikni mustahkamlaş, ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirişdagi ahamiyatini taʼkidladi.
Qayd etilişiça, kitobda Özbekistonning qadimiy va şonli tarixi, milliy-diniy qadriyatlari, xalqimizning fazilatlari, Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, şuningdek, mamlakatimizning içki va taşqi siyosatiga oid muallif mulohazalari bayon etilgan.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimi örinbosari Nigora Qutlimurotova va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati bölimi rahbari Bekzod Abdirimov asarning maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati hamda ikki xalq örtasidagi madaniy aloqalar haqida fikr bildirdi.
Taʼkidlanganidek, kitobda Özbekistondagi yangilaniş jarayonlariga xorijlik ziyoli nuqtai nazaridan baho berilgan bölib, u muallifning mamlakatimizga bölgan samimiy munosabati va yuksak eʼtirofini ifoda etadi.
Asar muallifi, Sakarya universiteti professori, fan doktori Kemal Yavuz Ataman kitobning yaratiliş tarixi, Özbekistondan olgan taassurotlari va xalqimizga bölgan samimiy munosabati bilan örtoqlaşdi.
Şuningdek, universitet Filologiya fakulteti olimlari Ishoqjon Ismoilov, Abdulla Örazboyev va Doniyor Yuldaşev sözga çiqib, asarning ilmiy, adabiy va maʼnaviy qimmati, özbek-turk adabiy aloqalarini rivojlantirişdagi örni haqida fikr bildirdi.
Mazkur asar Özbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan naşr etilgan bölib, qardoş turk ziyolisining yurtimizga bölgan samimiy muhabbati va yuksak ehtiromining öziga xos ifodasidir.