Urganch – Istanbul – Urganch muntazam qatnovi tiklandi

    Transport 1 Iyul 2021 1210

    “Uzbekistan Airways” AJ 2021-yil 4-iyuldan boshlab Urganch – Istanbul – Urganch yoʻnalishi boʻyicha muntazam qatnovlarni tiklamoqda.

    Parvozlar haftada bir marta yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

    Urganch – Istanbul yoʻnalishida aviachipta 2 935 000 soʻmdan boshlanadi. Urganch – Istanbul – Urganch yoʻnalishi boʻyicha aviachipta narxi 4 282 000 soʻmdan boshlanadi.

    Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.