Ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimligi, respublikamizning bir guruh taniqli akademiklari, universitet professor-oʻqituvchilari, talabalar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Tadbirda yigʻilganlar talabalar uchun zarur sharoit yaratish, ilgʻor oʻqitish usullarini oʻquv jarayoniga joriy qilish, buning pirovardida malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga doir amaliy saʼy-harakatlar oʻz samarasini berayotganini taʼkidladilar.
🖇Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, ushbu yangi oʻquv binosida 51 ta o‘quv-auditoriya, fizika va biologiya yo‘nalishlariga moslashtirilgan 12 ta zamonaviy o‘quv-laboratoriya, 8 ta 100 o‘rinli ma’ruza zallari, kompyuter xonalari mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan Urganch davlat universitetida joriy yilning 4-5 sentabr kunlari “Akademiya kunlari” deb eʼlon qilindi.
Shu munosabat bilan hozirda respublikamizning bir guruh akademiklari Urganch davlat universitetida boʻlib turibdilar. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, matematik olim, akademik Sh.Ayupov, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi kimyo-biologiya fanlari bo'yicha vitse-prezidenti, akademik B.Ibragimov, atoqli matematik olim, akademik A.Sagʼdullayev, OʻzR FA Bioorganik kimyo instituti direktori oʻrinbosari, akademik A.Toʻrayev, biolog olim, akademik B.Zaribov, tarixchi olim, akademik A.Saʼdullayev bugun Urganch davlat universiteti talabalariga “Mustaqillik dars”larini olib bordilar.
Unda mamlakatimizda 32 yil davomida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ta’limdagi islohotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati va boshqa bir qator ko‘rsatgichlar hamda erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berdilar.