Urganch shahrida 2,9 mlrd soʻmlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi

    Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Urganch shahrida istiqomat qiluvchi, 1983-y.t. fuqaro oʻzining yashash xonadonida 64.452 dona dori vositalarini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlandi.

    Baholash faoliyati bilan shugʻullanuvchi MCHJ xulosasiga koʻra, mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 2.908.608.000 soʻmni tashkil qiladi.

    “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM ekspertiza tekshiruvi xulosasiga koʻra, ushbu dori vositalarining ayrim turlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi, ayrimlari esa sifatsiz va yaroqsiz holatda ekanligi maʼlum boʻldi.

    Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.