Yangi inshootning ochilish marosimida nuroniylar, yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar. Viloyat hokimi Farxod Ermanov barchani yer osti yoʻl oʻtkazgichi foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tabrikladi.
Al-Xorazmiy va Islom Karimov koʻchalari shahardagi eng tirband yoʻllardan boʻlib, al-Xorazmiy koʻchasida sutkasiga oʻrtacha 18 ming, Islom Karimov koʻchasida 14 ming dona transport vositalari harakatlanadi. Yer osti yoʻli qurilishi natijasida ushbu chorrahadagi tirbandlik bartaraf etildi, yoʻl-transport hodisalarining oldi olinib, piyodalarning xavfsiz harakatlanishi taʼminlandi.