Bu Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida xorijiy tillarni oʻqitishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 701-sonli qaroriga binoan amalga oshirilmoqda.
Maktab 2019-yilda davlat dasturi asosida mukammal taʼmirdan chiqarilgan boʻlib, hozirgi kunda 1425 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olib kelmoqda.
Bugungi kunda texnik baza toʻliq shakllangan boʻlib, 97 nafar malakali oʻqituvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 6 nafari oliy toifali hamda birinchi va ikkinchi toifali malakali oʻqituvchi. 2019-2020 oʻquv yilida fan olimpiadasi va bilimlar bellashuvida maktab oʻquvchilari yuqori natijalarni qoʻlga kiritib kelmoqda.