Situatsion markaz tashkil qilinib, elektr, gaz, suv, issiqlik taʼminoti, boshqaruv-servis kompaniyalari, transport, yoʻl, obodonlashtirish, chiqindi korxonalari yagona tizimga ulangan.
Har bir yoʻnalishdan kelib tushayotgan murojaatlarni sunʼiy intellekt asosida tahlil qilib, tezkor kompleks yechim berish yoʻlga qoʻyilgan. Bularning hisobidan yiliga 16 milliard soʻm tejalmoqda.
Viloyat markazlari va poytaxt tumanlarining barcha hokimlariga Urganchdagi yangi tajribani oʻrganib, yil yakunigacha oʻzida joriy qilish topshirildi.
Boshqa vazirlik va idoralar rahbarlariga ham sohaning ichiga kirib, sunʼiy intellektni joriy qilish boʻyicha imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.









