Viloyat bandlik boshqarmasi fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida “Urganch texnopark” masʼuliyati cheklangan jamiyatida ham shu ezgu ishni yoʻlga qoʻydi. Endilikda monomarkaz xodimlari mashgʻulotlarni shu yerda olib boradi. Eng eʼtiborlisi, kasb-hunarni toʻla egallagan tayyor mutaxassislar “Urganch texnopark” MCHJga ishga joylashtiriladi.
Asosiy eʼtibor “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga qaratilgani ularning bandligini taʼminlash hamda daromad topishlariga yordam bermoqda.
Roʻzimboy HASAN,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri