Tadbirda viloyat “Chorvanasl” markazining Urganch tumani yetakchi mutaxassisi T.M. fuqaro N.ning fermer xoʻjaligiga tegishli 50 gektar yer maydonini hokimlik zaxirasiga qaytarib olib, keyinchalik uning nomiga yangi fermer xoʻjaligi tashkil etib, ushbu yer maydonini qayta rasmiylashtirib berish evaziga 80 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 60 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

T.M.ning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Urganch tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari R.A. fuqaro N.nomiga fermer xoʻjaligi tashkil qilish va yer maydoni ajratib berish masalasini hal qilib berish evaziga oʻz xonadonida mutaxassis T.M.dan 43 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlar oʻtkazilmoqda.